Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI” ESDALIK NISHONI TANTANALI RAVISHDA TOPSHIRILDI (FOTO)

×

 2022-12-06 12:58:26    91

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligida O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tumandoshlarimizning 112 nafariga “O’zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov o‘z so‘zida yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan tabriklab, bu nishon mukofot bo‘libgina qolmay, oldinda turgan vazifalar ijrosi yo‘lida motivatsiya ekanini bildirdi. Shuningdek barchaga sog‘liq, oilaviy tinchlik-totuvlik tiladi.

Tadbirda so‘z olgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi raisi Avazjon Ergashev o‘z ma’ruzasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tarixiy asoslari va mazmun-mohiyati haqida qisqacha gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng mukofotga loyiq deb topilgan har bir tumandoshlarimizga esdalik nishonini tuman hokimi I.Novikov tantanali ravishda topshirdi.

 





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram