Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

USTOZ JURNALIST XADICHAXON KARIMOVA TAVALLUDINING 70 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

×

 2022-11-05 17:31:20    106

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi “Istiqlol” Madaniyat uyida O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi ustoz jurnalist Xadichaxon Karimova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ustoz jurnalist Xadichaxon Karimova 2001 yilda “Shuhrat” medali, 2022 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. Xadichaxon Karimova sohaning musahhixlikdan bosh muharrirgacha bo‘lgan yo‘lini bosib o‘tgan zahmatkash, faol, ma’naviy yetuk, o‘z kasbini sevgan, boshqalar dardi-yu quvonchini o‘ziniki deb bilgan, har soniyada yangilikdan xabardor bo‘lishni, axborot texnologiyalarni o‘zlashtirishni muhim hisoblab ijod qilayotgan jonkuyar jurnalistlardan biridir.



Ustoz jurnalist Xadichaxon Karimova Qo‘shtepa tumani hokimligi muassisligidagi “Istiqbol yo‘li” gazetasida muharrir o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritish bilan birga 17 yildan buyon viloyatning “Oydin” gazetasiga bosh muharrirlik qilib kelmoqda. Ustoz faoliyat olib borayotgan har ikki nashr ham iqtisodiy mustaqil faoliyat yuritadi.

Fidoyi jurnalist “Shuhrat” medali, “O’zbekiston mustaqilligiga 15 yil”, “O’zbekiston mustaqilligiga 25 yil”, “O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” hamda “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.






Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat va tuman hokimligining mas’ullari, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi hamda shoirlar, san’atkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, ustozning yaqinlari  ishtirok etdilar.





Tadbirni, tuman hokimi Ilyosbek Novikov kirish so‘zi bilan ochib, Xadichaxon Karimovaning hayot yo‘li va shu sohada erishgan yutuqlari haqida gapirdi. Ustozni tavallud kuni bilan qutlab, tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.








Ijodiy kechani O’zbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov olib bordi va O’zbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limining esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbir davomida so‘z olgan viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xodjayeva, AOKA viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Halimbekov, viloyat hokimining maslahatchisi Soxibjamol Tongotarova, shoiralar Zuhraxon Aliyeva, O’ktamxon Soliyeva va boshqalar fidoyi jurnalist Xadichaxon Karimovani tavallud kuni bilan tabriklab, o‘zlarining dil izxorlarini bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdilar.  




Tadbir tuman madaniyat uyi badiiy xavaskorlik jamoasining chiqishlari bilan yanada qizg‘in tus oldi.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram