Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’RAGAN EDINGIZ

×

 2022-09-30 11:40:31    117

PDF yuklash
Chop etish



Savol: Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash qanday holatlarda to‘xtatiladi?

Javob: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-sonli qarori 1-ilovasining “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 39-bandida:

“Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash:

a) quyidagi hollarda to‘xtatiladi:

qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugaganda;

ariza beruvchi yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosi tomonidan yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga to‘lov to‘xtatilishini so‘rab ariza taqdim qilinganda;

oila doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganida;

“Yagona reestr” ATdagi yoki manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik tizimidagi texnik nosozlik natijasida, ma’lumotlar elektron ravishda to‘liq yoki qisman taqdim etilmaganligi sababli, shuningdek, arizani kiritishda va boshqa texnik xatolar oqibatida noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda. Ushbu holatda o‘tgan davrda to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi;

bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash to‘g‘risidagi qarorga ta’sir ko‘rsatgan ariza beruvchi tomonidan noto‘g‘ri va ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;

b) ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda to‘lovlar kam ta’minlangan oilaga kelgusi oylarda to‘lanishi lozim bo‘lgan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam uchun mablag‘lar hisobiga qayta hisob-kitob qilingandan so‘ng qayta amalga oshiriladi;

To‘lovlarni to‘xtatish (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tayinlash muddati tugagan holatlar bundan mustasno) “Yagona reestr” AT orqali avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi va ariza beruvchiga elektron xabar (arizada ko‘rsatilgan elektron manziliga yoki SMS-xabarlar orqali mobil telefon raqamiga) yuborish orqali bildiriladi.

Ariza beruvchi bilan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi o‘rtasidagi to‘lovlar to‘xtatilishi yoki miqdori o‘zgarishi yuzasidan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud orqali hal etiladi” deb ko‘rsatilgan.

Savolga Qo‘shtepa tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Sharopov javob berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram