Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA “1 OKTYABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI”GA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
2022-09-29 14:10:07 262
1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi “Xosiyatxon xoji ona” tantanalar saroyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sektor rahbarlari, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan pedagog o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar hamda faxriy o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Ilyosbek Novikov ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalarimizga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, joriy yilda ta’lim sohasida erishgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng bir guruh ustoz va murabbiylarga faxriy yorliq va bayram sovg‘alari topshirildi.
To‘kin dasturxon atrofidagi gurung va suhbatlar tadbir ishtirokchilarini, ta’lim tizimi xodimlarini bir birlariga yanada yaqinlashtirdi.
Bayram tadbiri mehmonlarning dil so‘zlari hamda tuman Madaniyat uyi xonandalari va maktab o‘quvchilarining kuy-qo‘shiqlari bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.