Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“PAXTA-2022”: QO‘SHTEPA TUMANIDA TERIM AVJIDA
2022-09-27 08:47:16 190
#Inson_qadri_uchun
Mirishkor dehqonlarning mehnatlarining samarasi bugun dalalarga oq oltinga aylangan. Shu kunlarda Qo‘shtepa tumanida paxta yig‘im-terim mavsumi uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Fermer xo‘jaliklari a’zolari bilan birga ko‘ngilli hasharchilar ham oq oltin xirmoniga o‘z xissalarini qo‘shmoqdalar. Dam olish kunlari esa sektor rahbarlari ham tashabbus ko‘rsatib, hasharda ishtirok etmoqdalar.
“Katta boltako‘l” MMTPga qarashli “Muxammadkarim Asilbek” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan hasharda tuman prokurori, 2-sektor rahbari F.Ismoilov va tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimovalar ham ishtirok etishdi.
Ushbu fermer xo‘jaligida chigitni yerga qadab, bugungi kunda paxtani nest-nobud qilmasdan saranjomlab olishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ilg‘or terimchilarga sovg‘alar topshirildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qo‘shtepa tumanida terimchilarga munosib mehnat sharoitini yaratish maqsadida issiq ovqatlar bilan ta’minlanib, paxta dalalarida kontsert dasturlari ham tashkil etilyapti.