Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA TERIMCHILAR O‘RTASIDA MUSOBAQALAR UYUSHTIRILMOQDA
2022-09-12 07:53:47 95
“Oilaviy terimchilar” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Qo‘shtepa tumanida paxta terimchilarining kayfiyatini ko‘tarish, terimga yanada ishtiyoqlarini oshirish va munosib rag‘batlantirish maqsadida, tuman hokimligining tashabbusi bilan terimchilar o‘rtasida turli musobaqalar uyushtirilmoqda.
Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlarining tashabbusi bilan “Yoqub ota” fermer xo‘jaligida paxta terimida ishtirok etayotgan terimchilarni rag‘batlantirish, uy bekalarini paxta termiga jalb etish maqsadida “Oilaviy terimchilar” musobaqasi tashkil etildi.
Kun yakuni bo‘yicha eng ko‘p paxta tergan “Oilaviy terimchilar” aniqlandi. Terimchilarni taqdirlash marosimida viloyat hokimi X.Bozorov hamda viloyatdagi va tumandagi 4 ta sektor raxbarlari ishtirok etishdi.
Musobaqada 1-o‘rinni Kattabeshkpa MFYda yashovchi M.Jo‘rayevalar oilasi, 2-o‘rinni Sohibkor MFYda yashovchi N.Sodiqovalar oilasi, 3-o‘rinni A.Botirovalar oilasi oldi. G’oliblarga qimmat baho sovg‘alar berildi. Barcha qatnashchilar esa terim musobaqasidagi ishtiroklari uchun moddiy rag‘batlantirildi.