Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA TERIMCHILAR O‘RTASIDA MUSOBAQALAR UYUSHTIRILMOQDA

×

 2022-09-12 07:53:47    98

PDF yuklash
Chop etish



“Oilaviy terimchilar” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Qo‘shtepa tumanida paxta terimchilarining kayfiyatini ko‘tarish, terimga yanada ishtiyoqlarini oshirish va munosib rag‘batlantirish maqsadida, tuman hokimligining tashabbusi bilan terimchilar o‘rtasida turli musobaqalar uyushtirilmoqda.

Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlarining tashabbusi bilan “Yoqub ota” fermer xo‘jaligida paxta terimida ishtirok etayotgan terimchilarni rag‘batlantirish, uy bekalarini paxta termiga jalb etish maqsadida “Oilaviy terimchilar” musobaqasi tashkil etildi.

Kun yakuni bo‘yicha eng ko‘p paxta tergan “Oilaviy terimchilar” aniqlandi. Terimchilarni taqdirlash marosimida viloyat hokimi X.Bozorov hamda viloyatdagi va tumandagi 4 ta sektor raxbarlari ishtirok etishdi. 




Musobaqada 1-o‘rinni Kattabeshkpa MFYda yashovchi M.Jo‘rayevalar oilasi, 2-o‘rinni Sohibkor MFYda yashovchi N.Sodiqovalar oilasi, 3-o‘rinni A.Botirovalar oilasi oldi. G’oliblarga qimmat baho sovg‘alar berildi. Barcha qatnashchilar esa terim musobaqasidagi ishtiroklari uchun moddiy rag‘batlantirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram