Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BU YILGI "BIRINCHI QO‘NG‘IROQ" TADBIRI 15-UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARI UCHUN QO‘SHALOQ BAYRAMGA AYLANIB KETDI
2022-09-05 11:55:01 256
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Bugun, o‘quv yilining birinchi kunida tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Bilimlar kuni” munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri 15-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi. Chunki, Yangido‘kon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ushbu ta’lim muassasasining mavjud o‘quv binolari 4851,8 mlyard so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlandi hamda 300 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv bino qurib bitkazildi. Qurilish-ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot “OOO Zaman Bulding” MChJ tomonidan olib borildi. Shuningdek, sinf xonalari to‘liq o‘quv jihozlari bilan jihozlandi.
Maktabning tantanali ochilish marosimida Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek, mas’ul idoralarning rahbarlari, mahalla nuroniylari va faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman rahbari Ilyosbek Novikov barcha o‘quvchilarni 2022-2023 o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram tusini olgan dasturda maktab ustozlari va o‘quvchi yoshlari o‘zlarining badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.
Tadbir davomida maktabda qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borgan pudratchi tashkilot “OOO Zaman Bulding” MChJ ishchi-xodimlariga milliy urf-odatlarimizga ko‘ra to‘n va chorsi topshirildi.
Shuni alohida takidlash lozimki, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O’zbekiston chempionatida 15-umumta’lim maktabining basketbolchi qizlari jamoasi 1-o‘rinni egallab, oktyabr oyida Singapurda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etidigan bo‘lishdi. Tadbirda tuman rahbari jamoa g‘alabasini alohida e’tirof etib, kelgusidagi musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng tuman hokimi Ilyosbek Novikov hamda mahalla nuroniylari, faxriy ustozlar, maktab ma’muriyati 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarga Prezident sovg‘alarini hamda maktabning ramziy kalitini tantanali tarzda topshirdilar.
“Bilimlar kuni” tadbirlari tumandagi barcha maktablarda yuqori saviyada o‘tkazildi.