Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MEHNAT FAXRIYLARI VA NURONIYLAR E’ZOZDA (FOTO)
2022-08-24 15:20:50 193
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Qo‘shtepa tumanida mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!» shiori ostidagi bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun, Do‘rmon mahallasidagi “Kelarchi buva” ziyoratgohida o‘tkazildi.
Tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda targ‘ibot guruhi hamkorligida bir piyola choy ustida tashkil etilgan bayram tadbirida nuroniy otaxon va onaxonlarga, mehnat faxriylariga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Qolaversa tadbirda ushbu mahallada istiqomat qilayotgan turli millat vakillari ham qatnashdilar. Shuningdek, bayram ishtirokchilarini tabriklash uchun sektor rahbarlari ham tashrif buyurishdi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘z olib, barchani bayram bilan tabrikladi. Mehnat faxriylari va nuroniylarga hurmat ko‘rsatilib, ularga bayram sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda bayram tabriklari yo‘llanib, musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar esa bugungi dorulomon kunimizga shukrona aytishib, yurtimizga tinchlik va fayz-u baraka tilаb duoga qo‘l ochdilar.