Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHNAT FAXRIYLARI VA NURONIYLAR E’ZOZDA (FOTO)

×

 2022-08-24 15:20:50    105

PDF yuklash
Chop etish





Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Qo‘shtepa tumanida mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!» shiori ostidagi bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun, Do‘rmon mahallasidagi “Kelarchi buva” ziyoratgohida o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda targ‘ibot guruhi hamkorligida bir piyola choy ustida tashkil etilgan bayram tadbirida nuroniy otaxon va onaxonlarga, mehnat faxriylariga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Qolaversa tadbirda ushbu mahallada istiqomat qilayotgan turli millat vakillari ham qatnashdilar. Shuningdek, bayram ishtirokchilarini tabriklash uchun sektor rahbarlari ham tashrif buyurishdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘z olib, barchani bayram bilan tabrikladi. Mehnat faxriylari va nuroniylarga hurmat ko‘rsatilib, ularga bayram sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.  

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda bayram tabriklari yo‘llanib,  musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar esa bugungi dorulomon kunimizga shukrona aytishib, yurtimizga tinchlik va fayz-u baraka tilаb duoga qo‘l ochdilar.


































































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram