Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI O’ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ
2022-08-17 16:36:33 249
Bayram shukuhi har bir xonadonga, har bir qalbga kirib bormoqda
Bu yil Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi katta bayram sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha go‘shalarida tantanali tadbirlar davom etmoqda. Xususan, bayramning shukuhli manzarasi Qo‘shtepa tumanining har bir hududida, mahallalarda, har bir xonadonda, har bir qalbda namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, mahallalarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda keksa yoshdagi nuroniylar, bemorlar-u, yakka yolg‘iz yashovchilar, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarning xolidan xabar olinib, ularga cheksiz bayram quvonchi ulashilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun Xalqobod, Qorajiyda va Xo‘jaqishloq mahallalari hamda 22 DMTT hamkorligida o‘tkazildi.
“Ona aziz muqaddas siymo” deb nomlangan tadbirda mahallalardagi nuroniy onaxonlar, mahalla faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Ko‘ngilochar va bayramona kayfiyatda o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi onalar qizlari bilan birgalikda ishtirok etishdi. Tanlovda asosan, oilaviy hayotga tayyorlash, kiyinish va so‘zlashish madaniyati g‘oyalari ilgari surildi. Ishtirokchilar esa turli shartlar bo‘yicha bellashdilar. Tadbir so‘ngida tanlov ishtirokchilariga xomiylarning sovg‘alari topshirildi.