Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI O’ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ

×

 2022-08-17 16:36:33    166

PDF yuklash
Chop etish



Bayram shukuhi har bir xonadonga, har bir qalbga kirib bormoqda

 Bu yil Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi katta bayram sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha go‘shalarida tantanali tadbirlar davom etmoqda. Xususan, bayramning shukuhli manzarasi Qo‘shtepa tumanining har bir hududida, mahallalarda, har bir xonadonda, har bir qalbda namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, mahallalarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda keksa yoshdagi nuroniylar, bemorlar-u, yakka yolg‘iz yashovchilar, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarning xolidan xabar olinib, ularga cheksiz bayram quvonchi ulashilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Xalqobod, Qorajiyda va Xo‘jaqishloq mahallalari hamda 22 DMTT hamkorligida o‘tkazildi.  

“Ona aziz muqaddas siymo” deb nomlangan tadbirda mahallalardagi nuroniy onaxonlar, mahalla faollari hamda xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Ko‘ngilochar va bayramona kayfiyatda o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi onalar qizlari bilan birgalikda ishtirok etishdi. Tanlovda asosan, oilaviy hayotga tayyorlash, kiyinish va so‘zlashish madaniyati g‘oyalari ilgari surildi. Ishtirokchilar esa turli shartlar bo‘yicha bellashdilar. Tadbir so‘ngida tanlov ishtirokchilariga xomiylarning sovg‘alari topshirildi. 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram