Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMAN IIB MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH BO‘LINMASI OGOHLANTIRADI

×

 2022-05-30 23:55:54    442

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2009 yil 23 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4117-sonli hamda 2011 yil 5 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4262-sonli Farmonlariga asosan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar berilishi boshlangan.

“O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida”ga Nizomning 3-bandida “Pasport berilgan kundan boshlab

10 yil davomida amalda bo‘ladi.” deb belgilab qo‘yilgan hamda ushbu Nizomning 11-bandida “Fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirilishi lozim” deb belgilangan.

Fuqarolarimiz tomonidan pasportini o‘z vaqtida ID-kartaga almashtirmasdan amal qilish muddatlarini o‘tkazib yuborganliklari O’zbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasiga jarima solinishiga asos bo‘ladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolarimizdan amal qilish muddatlari tugayotgan biometrik pasportlarini o‘z vaqtida ID-kartaga almashtirish uchun Qo‘shtepa tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

 Qo‘shtepa tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi.

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram