Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YANGI O’ZBEKISTON–INSON QADRI ULUG‘LANGAN YURT” SHIORI OSTIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR QO‘SHTEPA TUMANIDA BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2022-05-30 15:15:12    195

PDF yuklash
Chop etish



Viloyatimizning barcha shahar va tumanlari kabi Qo‘shtepa tumani ham yana bir katta ma’naviy-ma’rifiy tadbirga mezbonlik qilmoqda.

Tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inida bir hafta mobaynida “Yangi O’zbekiston –inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida kontsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, ijodiy uchrashuvlar namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bugungi ilk ma’naviy-ma’rifiy tadbir Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 





Tadbirda sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi vakillari, nuroniy onaxon va otaxonlar, shuningdek, yoshlar ishtirok etishdi. 



Tadbirni tuman hokimi Ilyosbek Novikov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida gapirib, tumanimizga tashrif byurgan barcha san’atkorlarga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi. 




Shundan so‘ng tuman rahbari tadbirda ishtirok etayotgan barcha ayollarni viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan onalarga ehtirom festivali bilan qizg‘in tabriklab, O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva va taniqli  estrada xonandasi Gulasal Abdullayevalarga ham alohida ehtirom ko‘rsatdi.








Darhaqiqat, xalqimiz elimiz suygan san’atkorlar va ijodkorlar bilan gurunglarni, uchrashuvlarni juda-juda sog‘ingan ekan. Madaniyat va san’atga oshufta qo‘shtepaliklar O’zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Muhabbat Abdullayeva, O’zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, badiiy so‘z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandasi Umid Shahobov, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva, “Ma’rifat” targ‘ibotchi Obiddin Mahmudov, estrada xonandasi Saydvali Azimov va boshqa elimiz ardog‘idagi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lishib, davrada raqsga tushib, xirom aylashdi.










Eslatib o‘tamiz, “Yangi O’zbekiston –inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan kontsert dasturlari bugun, soat 16.00 da G’ishtmon Madaniyat markazida bo‘lib o‘tadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram