Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-05-28 20:59:38    90

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, tuman hokimligida tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkzildi. Tuman hokimi I.Novikov tomonidan mas’ul rahbarlar va mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga joylarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini muntazam ravishda olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman Madaniyat markazida yoshlar o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi direktori kubogining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi ochib, Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga berilayotgan e’tiborlari natijasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi tumanimizda ham aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinayotganligini takidlab o‘tdi hamda musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.



Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 42-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman rahbari maktab bitiruvchilarining yakuniy imtihon topshirish jarayonlari va ularni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Bu yilgi bitiruvchilarni oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman rahbari Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Sara nasil chorva” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Kichik sanoat zonasi” tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ushbu hududda amalga oshirilishi belgilangan sanoat loyihalarini qisqa muddatda ishga tushirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozarov tashabbusi bilan viloyatning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali tumanimizda ham yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, bugun tuman hokimi jamoat ishlarida ko‘p yil samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi bir guruh onaxonlar holidan xabar olib, ularga tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Tuman rahbari mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda tumanda pillachilik sohasini rivojlantirish hamda xonadonlarda ipak qurti boqish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga 2022 yil hosili uchun yetishtirilgan pilla hosilini nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram