Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 181 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIL BILISH, YANGILIKKA INTILISH UCHUN XOHISH VA HARAKATNING O‘ZI KIFOYA

×

 2022-05-28 14:23:28    209

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida tashkil etilgan haftalik doirasida 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Men dunyoni bilaman” shiori ostida chet-tillari festivali bo‘lib o‘tdi.





Tadbirda Qo‘shtepa tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Iqbolxon Maxmudova hamda soha mutaxassislari, shuningdek, tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Festival doirasida 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ingliz tili o‘qituvchisi Maxliyo Yunusova tomonidan tarbiyalanuvchilar bilan “Bog‘chamizga hush kelibsiz” mavzusida ochiq mashg‘ulot noan’anaviy usullarda olib borildi. 






Mashg‘ulotlar davomida muassasa tarbiyalanuvchilari tadbir ishtirokchilariga o‘zlarining bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi. Tumanning eng chekka qishloqlaridan birida yashashsada, ingiliz tilini ravon talaffuz qilib, tarbiyachilari bilan bemalol muloqot qila olgan bolajonlarga hamma birdek havas qildi.




Shuni alohida takidlash kerakki, bu bolalar bog‘chasi eng olis hududda joylashgan bo‘lsada, barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar ham zamon talabiga mos ravishda olib borilmoqda. Demak, til bilish, yangilikka intilish uchun xohish va harakatning o‘zi kifoyaligini ingliz tili o‘qituvchisi Maxliyo Yunusova yana bir bora hamkasblariga ko‘rsatib berdi.    




Tadbir davomida tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlarining chet tili o‘qituvchilarining maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga chet tillarini o‘rgatishda qo‘llaniladigan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida yaratilgan ko‘rgazmalari namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram