Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BOLALARGA BERING DUNYONI” SHIORI OSTIDAGI MAXSUS HAFTALIK DAVOM ETMOQDA

×

 2022-05-28 14:18:33    175

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan 25-31 may kunlari “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostidagi maxsus haftalik doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Jumladan, haftalik doirasida Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sportning velopoyga musobaqasi o‘tkazildi. 

Ishtirokchilar “Belgilangan masofaga, belgilangan vaqtda kim oldin yetib kelish” sharti bo‘yicha bellashdilar. Musobaqada 6-MTT tarbiyalanuvchisi S.Tursunov, 7-MTT tarbiyalanuvchisi L.Kenjayev hamda 46-MTT tarbiyalanuvchisi A.Abdumutalboyevlar faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Shuningdek, 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar o‘rtasida shaxmat-shashka bo‘yicha ham musobaqa bo‘lib o‘tdi. G’oyat qiziqarli o‘tgan musobaqada 14-MTT tarbiyalanuvchisi M.Nabiyev hamda 35-MTT tarbiyalanuvchisi A.Arabov, 27-MTT tarbiyalanuvchisi R.Aliyeva hamda 18-MTT tarbiyalanuvchisi I.Valiyevlar g‘olib deb topildi.








32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida esa hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 5-7 yoshli bolalar o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqalarda har bir ta’lim tashkilotlaridan 5 tadan tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar. Musobaqalar yakuniga ko‘ra 15 va 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan qatnashgan jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram