Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 186 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-05-28 10:38:25    106

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Rezervuarlarni yo‘q qilishmoqchi. Iltimosimiz – suv inshooti saqlab qolinsin” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Qumtepa MFYdan murojaat qilyapmiz. Tuman suv ta’minoti korxonasi davlat suv to‘plash rezervuarlarini yo‘q qilmoqda. Prezidentimiz suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qancha jon kuydirmoqda, buning uchun mablag‘ ajratmoqda. Bizda esa ayrimlar davlat mulkini talon-toroj qilmoqchi. Rezervuarlardan bog‘chaga ham suv beriladi. Suv inshooti saqlab qolinishini so‘raymiz” – deya shikoyat qilingan. 

Qumtepa mahallasidan yo‘llangan ushbu murojaat yuzasidan “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tuman bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Ushbu suv minorasi uzoq yillar davomida foydalanilmaganligi sababli yaroqsiz xolga kelib qolganligi uchun “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan Qumtepa MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida qayta rekonstruktsiya qilish ishlari olib borildi va suv minorasini o‘rnatish uchun yer osti asos qatlamiga beton quyish ishlari bajarildi.

Ta’mirlash ishlarini olib borish jarayonlarida hududdagi aholi xonadonlarida va maktabgacha ta’lim muassasasida toza ichimlik suvida uzilish xolatlari bo‘lmagan.

Bugungi kunda yer osti asos qatlamiga beton qorishmalari qo‘yilganligi uchun suv minorasini tez fursatda o‘z o‘rniga qayta o‘rnatilishini ma’lum qilamiz”.  

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram