Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

×

 2022-05-28 09:39:26    118

PDF yuklash
Chop etish



Yoshlar – qudratli davlatimizning ertangi kuni, yangi O’zbekistonimizning poydevori sanaladi.

Zero, ularning sog‘lom va komil inson bo‘lib voyaga yetishlari mamlakat istiqbolini belgilab beradi.

Shu ma’noda bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini hayotga joriy etishda Davlat xavfsizlik xizmati ham o‘zining sezilarli hissasini qo‘shib kelmoqda.

Barchamizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan yurtimizning har bir go‘shasida sport musobaqalarini o‘tkazishga start berilgan edi.

Xususan, Qo‘shtepa tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yoshlar o‘rtasida sportning “Futbol” va “Mini futbol” turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogining tuman final bosqichlari o‘tkazildi. Unda tumanimizdagi 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlardan iborat jamoalar munosib ishtirok etdi.

Tadbirda sektor rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul rahbarlari, shuningdek, mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga berilayotgan e’tiborlari natijasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi tumanimizda ham aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinayotganligini takidlab o‘tdi.





Shundan so‘ng DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov va sektor rahbarlari ishtirokida musobaqa g‘oliblariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari hamda kuboklar topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram