Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 187 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI ONALARGA EHTIROM KO‘RSATMOQDA

×

 2022-05-27 17:26:46    115

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning tashabbusi bilan bu yil viloyatimizda ikkinchi marta “Onalarga ehtirom” festivali o‘tkazilmoqda. Bir necha kundir ushbu tadbirlar Qo‘shtepa tumanida ham keng nishonlanmoqda.

“Onalarga ehtirom” festivali doirasida tumanimizdagi barcha korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar tashkillanmoqda. Shuningdek, festival doirasidagi tadbirlar mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham zo‘r uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.  





“Onalarga ehtirom” festivali doirasida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari tomonidan yurtimiz ravnaqi yo‘lida samarali va fidokorona mehnat qilgan va qilayotgan onaxonlarga, opa-singillarga ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Bugun tuman hokimi I.Novikov va DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamovlar joylarda bo‘lib, davlat va jamoat ishlarida ko‘p yil samarali mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan bir guruh onaxonlarni manzilli yo‘qlab, ularga samimiy izzat-ikrom ko‘rsatishdi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram