Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2022-05-25 21:19:07    84

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarga yo‘llangan tanqidiy murojaat yuzasidan “Agrobank” ATB Farg‘ona viloyat boshqarmasi Qo‘shtepa filiali qo‘yidagilarni ma’lum qiladi.

Bank kreditlarni kreditlash yoki moliyalashtirish bilan bog‘liq boshqa bitimlar tuzishda Markaziy bankning 2020 yil 29 oktyabrdagi 3283–sonli Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan “Bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan, bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risida”gi Nizomning 1 bandi 3 xat boshisida yaqin qarindoshlar – er-xotin, farzadlar, shu jumladan, farzandlikka olinganlarni nizom talablariga muvofiqligini hamda qarz oluvchining faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi barcha aloqador shaxslarning faoliyatini taxlil qilishi shartligi belgilangan.

Shuningdek, “Agrobank” ATB Boshqaruvi yig‘ilishining 2022 yil 11 apreldagi 22/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining Kredit siyosatining 24 bandida kredit olish uchun taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida potentsial qarz oluvchi va/yoki birgalikda qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash (kredit riskini aniqlash) avtomatlashtirilgan anderraytining (skoring), 25 bandida bank kredit komissiyasi o‘z vakolati doirasida mijozning kreditga layoqatlilikni o‘rnatilgan tartibda tahlil qilib, kredit ajratilishini ma’qullash yoki rad etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berilishi belgilangan.

Qo‘shtepa tumani Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig‘ini, Bog‘imaydon ko‘chasida yashovchi Komilov Umarjon Esonjon o‘g‘li 2022 yil 21 may kungi tikuvchilik mashinalarini sotib olish uchun 13 000 ming so‘m, miqdoridagi kredit mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi arizasi «Agrobank» ATB Qo‘shtepa filiali kredit komissiyasi tomonidan o‘z vakolati doirasida o‘rganib, kreditga layoqatlilikni o‘rnatilgan tartibda tahlil qilib, yuqoridagi nizom bandlariga ko‘ra qarz oluvchining turmush o‘rtog‘i qarzdor Komilova Madinaxon Alisher qiziga 2018 yil 11 sentyabr kuni 3 yil muddatga 25 000,0 ming so‘m tikuv mashinasi sotib olish uchun kredit ajratilgan. Qarzdor Komilova Madinaxon Alisher qizi tomonidan olingan kreditda 10 709,2 ming so‘m muddati o‘tgan va shu kunga qadar to‘lanmasdan kelinmoqda. Bu esa o‘z navbatida muammoli kreditlar salmog‘i oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, kredit komissiyasi mijozning kreditga layoqatlilikni o‘rnatilgan tartibda tahlil qilib, kredit ajratishni rad etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa qilingan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram