Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XABARLAR QISQA SATRLARDA

×

 2022-05-25 16:38:01    66

PDF yuklash
Chop etish



Viloyatimizning barcha joylarida bo‘lagani kabi Qo‘shtepa tumanida ham “Onalarga ehtirom” festivali ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Bugun tuman prokurori, 2-sektor rahbari F.Ismoilov va Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimovalar tomonidan yurtimiz ravnaqi yo‘lida samarali va fidokorona mehnat qilgan onaxonlarga ehtirom ko‘rsatildi.



“Onalarga ehtirom” festivali doirasidagi tadbir 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. 



7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova, Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inining mas’ullari, faxriy ustozlar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Prezidentimizning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, maktabning jonkuyar ustozlariga tuman hokimining faxriy yorliqlari topshirildi. 



Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi E.Abduxamidov tashabbusi bilan 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida stipendiya joriy etilgan edi. A’lo o‘qishi, namunali hulqi bilan barchaga namuna bo‘lgan 3 nafar o‘quvchining har biriga 200 ming so‘mdan “Etakchi stipendiyasi” topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram