Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN TUMANIMIZDAGI BARCHA MAKTABLARDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” SADOLARI YANGRADI

×

 2022-05-25 13:47:31    101

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, 25 may kuni Qo‘shtepa tumanidagi barcha maktablarda 2021-2022 o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi.

O’quvchilar hayotidagi maktab yillarining yana bir yili ortda qolgan bo‘lsa, 2206 nafar bitiruvchilar uchun bugun yangragan qo‘ng‘iroq ularning maktab hayotidagi so‘nggi qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Oldinda imtixonlar va katta hayotga qadam...





Qo‘shtepa tumanidagi barcha ta’lim maskanlaridagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari Davlatimiz rahbari tomonidan bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrikni o‘quvchilarga yetkazish bilan boshlandi.




Tuman hokimi Ilyosbek Novikov 1- va 2-IDUMIdagi tadbirlarda ishtirok etib, bitiruvchilarga Prezidentimizning bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Bitiruvchilarni ushbu kun bilan qutlab, ularga hayot yo‘llaridagi imtixonu sinovlarda omad tiladi.






Tadbir doirasida 2021-2022 o‘quv yilida fan olimpiadalari, ko‘rik tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar, jonkuyar murabbiylar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlar ham namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida bitiruvchi sinf o‘quvchilari ta’lim bergan ustozlari, sevimli ta’lim maskanlari, o‘zlari uchun yaratilgan barcha sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Qalblarni hayajonga soluvchi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram