Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 211 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DO‘RMON MAHALLASIDA YANGI KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-05-19 22:09:24    127

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida aholi muammolarini ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugun Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun yana bir qulaylik yaratish maqsadida “Katta Farg‘ona kanali”ning ushbu hududidan o‘tuvchi qismida yangidan zamonaviy ko‘rinishda qurib bitkazilgan ko‘prikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov hamda do‘rmonliklar ishtirok etishdi. Tadbirni tuman hokimi ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda yillar davomida to‘planib qolgan ijtimoiy muammolarni hal etishda yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarni takidlab, ushbu zamonaviy ko‘prikni ochilishi bilan hudud aholisini tabrikladi.




Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 4K 913 “Do‘rmon-Dehqonobod-Toshkent-O’sh” avtomobil yo‘lining PK 0+100 da joylashgan ushbu ko‘prik “Farg‘ona UFK” MChJ tomonidan 3.4 milliard so‘mga rekonstruktsiya qilindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram