Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’P YILLIK ORZULAR USHALDI

×

 2022-05-19 21:35:59    89

PDF yuklash
Chop etish



- Bir necha yillik orzularim ushaldi. Bir kun kelib mening shunday chiroyli uyim bo‘lishini tasavvur ham qilolmaganman. Oilamizga yangi uy qurib berishdi. Buning uchun bizlarni e’tibordan chetda qoldirmagan davlatimiz rahbariga hamda tumanimizdagi sektor rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Yurakdan, samimiy aytilgan bu so‘zlar 2-sektor hududidagi Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Feruzaxon Fozilovaga tegishli.

Darhaqiqat, vatan ichra kichkina bir vatan qilish uchun bir nechta insonlar yillar davomida mashaqqatli mehnat evaziga erishadi. Feruzaxon ham farzandlari bilan mehnatdan qochmaydi, ammo topgani qora qozondan ortmaydi. Boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan ushbu oila uy-joyga ehtiyojmand edi.

Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati natijasida Qo‘shtepa tumanidagi sektor rahbarlarining tashabbusi bilan saxovatpesha xomiylar tomonidan ushbu oilaning uyi yangidan zamonaviy ko‘rinishda qurib berildi.



Bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirokida yangitdan qurib bitkazilgan uy o‘z egalariga topshirildi.

Xonadon egalaring esa quvonchi cheksiz, qalblaridagi shukronalik tuyg‘usi ko‘zlarida aks etdi. Mahalla oqsoqollari ham duoga qo‘l ochib, yurtimiz tinchligi, millatimizga xos bo‘lgan mehr-oqibatlilik, ezgu ishlar bardavom bo‘lishi uchun niyat qilishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram