Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’RTA-O’QCHILIK BOLAJONLARGA TUHFA

×

 2022-05-19 19:27:50    106

PDF yuklash
Chop etish



O’rta-o‘qchi mahalla fuqorolar yig‘ini hududida joylashgan 32-sonli maktabagcha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha 90 o‘rinli bino qurilib, bugun foydalanishga topshirildi.




Bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, mahalla faollari, shuningdek, MTBning mas’ullari ishtirok etdilar.

1989 yilda qurilgan 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 140 o‘rinli bo‘lib, 8 ta guruhda 210 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Shuningdek, 2021 yil sentyabr oyida 2 ta “Boshlang‘ich maktabga tayyorlov” guruhlari tashkillanib, hududdagi 60 nafar 6-7 yoshli bolalar ham qamrab olindi.

Farg‘ona viloti hokimining 2021 yil 25-yanvar kungi 34-F sonli Farmoyishiga asosan ushbu ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha yengil tipdagi 90 o‘rinli bino qurildi. Ushbu binoga O’qchi va O’rta-o‘qchi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 90 nafar bolalar qamrab olindi. Endilikda ta’lim tashkilotidagi bolalar qamrovi 360 nafarga yetkazildi.




Yangi binoning foydalanishga topshirilishi bolajonlar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi. Bugungi tadbirda kichkintoylar sevinchdan yayradilar. Ular mehmonlarga o‘zlari yod olgan she’r va qo‘shiqlarini hamda go‘zal raqslarini ijro etib berishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram