Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-05-18 09:04:37    79

PDF yuklash
Chop etish




Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Uniforum plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.


Tuman rahbari Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi Langar shifoxonasida bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



“Katta Farg‘ona kanali”ning Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi qismidagi aholi foydalanishida bo‘lgan ko‘prikni yangidan zamonaviy ko‘rinishda qayta qurish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan tuman hokimi pudratchi tashkilot rahbariga yangidan qurilayotgan ko‘prikni belgilangan me’yorlar asosida sifatli qurish hamda muddatida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Tuman hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasida o‘zining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 40 nafardan ziyod fuqarolar moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, elektr va suv ta’minoti, bank, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e’tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda tumanda pillachilik sohasini rivojlantirish hamda xonadonlarda ipak qurti boqish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga 2022 yil hosili uchun yetishtirilgan pilla hosilini nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda zararkunanda xashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Baxt Paxtakor Garmdon” MMTP hududida yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram