Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#ONALARGA_EHTIROM

×

 2022-05-16 16:11:36    89

PDF yuklash
Chop etish



Dunyodagi eng muqaddas zot hisoblangan onalarga ehtirom va hurmat ko‘rsatish, e’zozlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasidagi bugungi tadbir Qo‘shtepa tumanidagi Xo‘jaqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bir necha yil “Sallox” fermer xo‘jaligida rahbarlik qilgan, mehnat faxriysi Olimaxon aya Oxunovaning xonadonida bo‘lib o‘tdi.




“Onajonim sizga ehtirom!” deb nomlangan tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Dostonbek G’aniyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi” Davlatxon Yusupova shuningdek, mahalla faollari hamda o‘quvchi yoshlar, maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.



Tadbirni tuman hokimi Ilyosbek Novikov ochib, barcha ishtirokchilarni Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozarovning tashabbusi bilan bu yil ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali bilan muborakbod etdi. Umrini mehnatda o‘tkazgan, yurtimiz ravnaqi yo‘lida samarali va fidokorona mehnat qilgan, ayni kunlarda farzandlar va nevara- chevaralar ardog‘ida qarilik gashtini surib yashayotgan Olimaxon Oxunovani samimiy qutlab, unga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Bugun barcha ezgu tilaklar, dildagi eng shirin so‘zlar onajonlarimiz uchun aytildi. Olimaxon aya Oxunovaga esa alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Fayzli xonadonga jam bo‘lgan farzandlar onajoniga guldasta tutqazar ekanlar, to‘lqinlanib, xayajon ila dil izxorlarini ham aytdilar.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari onajonlarni madh etuvchi qo‘shiqlar kuylab, o‘zlari sevgan raqslarini ijro etishdi. Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari ishtirokida uch avlod uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Olimaxon Oxunova yoshlarga bosib o‘tgan mazmunli hayot yo‘llari haqida so‘zlab berdi. Samimiy e’tirof, alohida e’tibor, bayramona yo‘qlov uchun minnatdorchilik bildirib, yurt tinchligi va farovonligini tilab duoga qo‘l ochdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram