Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-05-11 20:28:45    97

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Katta boltako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman rahbari 6-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, tuman hokimi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi “Paxtakor” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qamrov sonini oshirish maqsadida qo‘shimcha bino qurilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman rahbari tuman hududida joylashgan sanoat korxonalari hamda yo‘l yoqalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. 



Tumanda yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda ishtimoiy himoyaga muxtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori asosida mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan yoshlar yetakchisi lavozimi uyushmagan yoshlar bilan ishlashda alohida qulayliklar yaratib berdi. Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida “Yoshlar daftari” orqali mingdan ziyod yoshlarni bandligi ta’minlandi. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi hamda “Yoshlar jamg‘armasi” hisobidan imtiyozlar berildi. Tuman rahbari bugungi kunda “Yoshlar daftari”da turgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda soya ekini ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram