Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 184 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2022-05-07 20:53:17    408

PDF yuklash
Chop etish



9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, qadrlash kechalari bo‘lib o‘tdi.

Ana shunday tadbirlardan biri 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. “Xotira bor ekan tirikdir millat” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda sana munosabati bilan tashkillangan “Devoriy gazetalar” tanlovi g‘oliblari aniqlanib, ular maktab ma’muriyati tomonidan “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.



Huddi shunday tadbirlar tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham tashkil etildi. Xususan, 22-MTTda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” tadbiri o‘tkazildi. 




3-DMTTning majburiy bir yillik guruhi bolalari mehnat faxriylarining xonadonida bo‘lib, ularni bayram bilan tabriklashdi.



26-MTT tarbiyalanuvchilari ham faxriylarning xonadoniga tashrif buyurdilar. Ular 92 yoshli Robaxon onadan milliy do‘ppi tikish sirlarini o‘rganishdi.



32-DMTTning bolajonlari ham 9 may – Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlashdi. Muassasaning “Erkatoy”, “Yulduzcha”, “Qaldirg‘och” hamda “Shirintoy” guruhi bolajonlari va tarbiyachilari mehnat faxriylarning holidan xabar olishdi.



8-maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bayram tadbiri tashkil etilib, tadbirga mehnat faxriylari taklif etildi. Tadbir davomida bolajonlar ishtirokida musiqiy bayram dasturi namoyish etildi. 



Tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ushbu tadbirlarda kitob ko‘rgazmalari bilan qatnashdilar.



Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputati Dilrabo Uzaqova ham ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan front ortida kunlarni tunlarga ulab mehnat qilgan, bugun oramizda bo‘lmagan insonlarni xotirladi. Hududdagi mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram