Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIRA-ABADIY, QADR-MUQADDAS! (FOTO)

×

 2022-05-07 14:48:51    84

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

 Qo‘shtepa tumanida bu yil ham “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Bugungi dorilomon kunlar uchun janggohlarda matonat ko‘rsatgan, front ortida kunlarni tunlarga ulab mehnat qilgan, bugun oramizda bo‘lmagan insonlar xotirlandi, ularning oilalaridan xabar olinib, tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yoshlar vakillarining tashriflari uyushtirildi. Shuningdek, frontorti faxriylari holidan ham xabar olindi. Ularga tuman hokimining tashakkurnomalari va bayram sovg‘alari topshirildi. Mahallalarda, tashkilot va o‘quv muassasalarida mehnat faxriylari ishtirokida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, qadrlash kechalari yuqori saviyada tashkil qilindi.








Bugun Xotira maydonida bayramning asosiy tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu yerda tuman hokimi va sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, frontorti va mehnat faxriylari, afg‘on urushi ishtirokchilari, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan tumandoshlarimiz hamda yoshlar vakillari hozir bo‘ldilar.



Tadbirni dastlab, tuman hokimi Ilyosbek Novikov tabrik so‘zi bilan boshladi. Urushda qatnashgan qo‘shtepalik qahramonlar, ular ko‘rsatgan jasoratlari ya’na bir bor tilga olindi.

Darhaqiqat, ikkinchi jahon urushida bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, safimizda yurgan keksalarimizni e’zozlash va qadrlash biz uchun ham qarz, ham farzdir. 







Tadbir davomida Xotira maydonidagi yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan hamyurtlarimiz xotirlanib, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.





Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari, maktab o‘quvchilari va bog‘chalarning tarbiyalanuvchilari ishtirokida musiqiy dastur namoyish etildi.

Xotira va qadrlash kuni tadbirlari tumanimizdagi barcha mahallalarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram