Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-05-05 21:48:57    105

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narx-navolari barqarorligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman hokimi 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishib, bitiruvchilarni oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

22-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bo‘lgan tuman rahbari tomonidan muassasada tarbiyalanayotgan bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga muassasa tarbiyalanuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman hududida joylashgan sanoat korxonalar hamda yo‘l yoqalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan sektor rahbari mas’ul rahbarlarga hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda zararkunanda xashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarini bajarilishi hamda zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram