Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FOTOREPORTAJ: SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM BO’LIMI KUNU TUN XIZMATDA

×

 2022-02-21 17:11:13    161

PDF yuklash
Chop etish



Shifokorlik – mashaqqatli va sharafli kasb. Chunki ularning yelkasidagi mas’uliyat juda ham zalvorli. Inson salomatligini muhofaza qiluvchi, uning umriga umr, sog‘ligiga sog‘lik qo‘shuvchi oq xalatli shifokorlarning beminnat xizmati tahsinga sazovordir. Bu borada shoshilinch tibbiy yordam xodimlarining o‘rni bo‘lak. Ularning oldida tunu kun shifoxonadagi bemorlar osoyishtaligini ta’minlash, shoshilinch ravishda olib kelinganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, shifoxonada davolanayotgan har bir bemorni kunlik tekshiruvdan o‘tkazish, turli muolajalar, kunlik jarrohlik amaliyotlari, og‘ir ahvoldagi bemorlarga yordam berish va boshqa bir qator mas’uliyatli vazifalar turadi. Bugun biz shunday mashaqqatli va sharafli vazifada mehnat qilayotgan Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi xodimlarining ish faoliyatidan qisqacha fotoreportaj tayyorlashga harakat qildik.






Shoshilinch tibbiy yordam – o‘z nomi bilan kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamdir. Bunday vaziyatda hatto soniyalar muhim rol o‘ynaydi. Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorga qancha erta tibbiy yordam ko‘rsatilsa, bir jonning hayotini saqlab qolish ehtimoli katta bo‘ladi.

Bu bo‘limga shoshilinch yordam ko‘rsatiladigan bemorlar olib kelinadi. Ularning har biri shifokorlardan najot va shifo istab kelishadi.






Xalq xizmatiga kamarbasta shifokorlar to‘satdan paydo bo‘lgan kasalliklar, surunkali kasalliklarning keskinlashishi, baxtsiz hodisalar, mayib bo‘lishlar va zaharlanishlar... qo‘yingki, murakkab ahvolga tushganlar uchun kunu tun tibbiy yordam ko‘rsatishga doimo shay turishadi.

Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi 2000 yildan buyon faoliyat olib boradi. 30 o‘ringa mo‘ljallangan. Bo‘limdagi shifokorlarning 4 nafari oliy toifali jarroh. Ular 50 yillik tajribaga ega Oltinboy Metinov, Soyibjon Tursunov, Mo‘minjon Ahmadaliyev va Asiljon Umarovlardir. Shuningdek, shifokorlar Abdubannob Ma’murov, Baxtiyorjon Umarchayev, Ma’rufjon Murodovlar ham o‘z kasbining fidoyilaridir. 

Bundan tashqari bo‘limda 105 nafar hamshira va kichik tibbiyot xodimlar ham faoliyat olib borishadi.

O’tgan 2021 yil mobaynida bo‘limda 2500 nafar bemor davolanadi. Shulardan 900 nafariga jarrohlik amaliyotlari bajarildi.







– So‘ngi yillarda bo‘limimiz faoliyatida keskin o‘zgarishlar kuzatildi, – deydi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri Soyibjon Tursunov. – Shifokorlar hamda bemorlarga juda ko‘p qulayliklar yaratildi. Sharoitlar bo‘lganidan keyin aholiga yorug‘ yuz bilan sifatli xizmat ko‘rsata olyapmiz. Bo‘limimizda zamon talablariga monand xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy tibbiy apparaturalar bilan jihozlangan. Albatta bundan ko‘zlangan maqsad, aholiga sifatli va beminnat tibbiy xizmat ko‘rsatishdir.






Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida kunu tun xizmatda bo‘lgan shifokorlar bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatishga va ularning hayotini saqlab qolishga hamisha shay. Bemorlar esa o‘z xaloskorlaridan benihoya minnatdor.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram