Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURAFSHONDA KAM TA'MINLANGAN OILAGA YANGI UY QURIB BERILMOQDA

×

 2022-02-11 20:13:52    138

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi “Nurafshon” mahallasida o‘ziga xos odat bor. Mahalladagi yoshlar nuroniylar bilan maslahatlashib har yili mahallada obodonlashtirish ishlarini olib borishadi. Qolaversa nochor va ko‘makka muhtoj oilalarga ham xomiylik yo‘li bilan yordam berishadi.

Mahalladagilar Og‘aliq ko‘chasi, 33-uyda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan Maxbubxon Axmedovaga xomiylarni jalb qilgan holda hashar yo‘li bilan uy-joy qurib bermoqdalar.

Ayni kunlarda 20 nafardan ziyod yoshlar bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanib ushbu hasharda faol ishtirok etishmoqda.

Mahalla faoli Shavkatjon Xomidovning ta’kidlashicha, ushbu xonadonga qo‘shimcha hammom qurib berish hamda tomorqadan samarali foydalanishlari uchun tomorqalariga intensiv olma ko‘chatlarini ham homiylik yordami evaziga hashar yo‘li bilan ekib berilar ekan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram