Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-31 19:47:20    113

PDF yuklash
Chop etish



 

Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarining (videokonferentsaloqa shaklida) bo‘lib o‘tgan qo‘shma sessiyasida tumandagi mas’ullar bilan birga ishtirok etdi.



Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar uyi”da tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 16 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



Loyson va Dehqonbod mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 22-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.



46-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman Tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi “Loyson” qishloq vrachlik punktida bo‘lib, muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tadbirkor M.Qodirova tomonidan Loyson mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan tikuvchilik tsexi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.



Aholini ish bilan band qilish, doimiy daromadga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish hamda oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan joriy etilgan ijara asosida aholiga yer maydonlari ajratishda qulayliklar yaratish yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tuman zaxirasiga olingan yer maydonlarini “E-IJARA” elektron tanlovlariga joylashtirishda belgilangan tartib asosida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram