Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-01-29 19:51:07    98

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun tuman hokimligida viloyat hokimligi hamda yuqori turuvchi organlarga bo‘lgan takroriy murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni tizimli hal etish maqsadida bevosita fuqarolar ishtirokida qabul o‘tkazdi. Tuman hokimi tomonidan ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni tizimli hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Katta boltako‘l, Vatan va Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inlarida hokim yordamchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakiliga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga hokim yordamchisi va yoshlar vakili ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ajratilgan xonalarni zamonaviy orgtexnika vositalari va mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tadbirkor Xasanboy Tursunov tomonidan Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan parrandachilik fermasi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.



Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 37-umumta’lim maktabida sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Balandmasjid mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga hududda jinoyatchilikni oldini olish hamda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tadbirkor Xomidjon Noruzaqov tomonidan Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan qurilish ishlari hamda hududdagi bo‘sh binoda Xikmatillo Asqarov tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorlarga qurilish ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga qabul qilish yuzasidan o‘zining tegishli takliflarini berdi.

Shuningdek, tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va 1-sektor hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram