Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN O’QUV AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

×

 2022-01-29 19:24:10    131

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Madaniyat markazi”da mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashishlari uchun o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yordamchilari hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar. 





Seminarni tuman hokimi ochib, Prezidentimizning tashabbusi bilan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha joriy etilgan hokim yordamchilari faoliyatida bugungi tadbir muhim ahamiyat kasb etishini takidlab o‘tdi.





Tadbir davomida hunarmand va tadbirkorlar o‘zlarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida tumandagi ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining  yuzdan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etishib, o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.



Mehnat yarmarkasi davomida 20 nafarga yaqin fuqarolarga ishga joylashtirish buyicha yullanma berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram