Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-12-30 20:16:48    118

PDF yuklash
Chop etish



Bugun 30 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Ko‘cha torayib, piyodalar uchun ham, haydovchilar uchun ham xavfli holga kelgan” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan murojaat yo‘llayapmiz. Sarmozor MFY va Baland masjid MFY chegarasidagi Rovatariq ko‘chasida ko‘cha chiroqlari yo‘q. Kechqurun yurish xavfli. Umuman, ko‘cha torayib odamlar yo‘lga chiqib ketgan. 3 kilometr yo‘lni kengaytirib, piyodalar va mashinalar bemalol yuradigan qilib berilsa, asfalt yotqizilsa, aholi minnatdor bo‘lar edik” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalariga asosan joyiga borib o‘rganib chiqildi.

 O’rganish jarayonida mahalla faollariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabr kungi PQ-4898-sonli qarori qabul qilinganligi, qarorda Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan ortda qolayotgan 26 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining infratuzilmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunga 15 mln. 750 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilganligi, hozirda ushbu ishlarni bajarish uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqilganligi, ushbu dasturga asosan Balandmasjid mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda boshqa infrastruktura obektlarini yaxshilash ko‘zda tutilganligi tushuntirildi.

Fuqarolar tushuntirish ishlaridan qoniqish hosil qilganliklarini hamda e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qildilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram