Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ODAMLAR BUGUNGI KUNIDAN ROZI BO‘LIB YASHASHSIN

×

 2021-12-21 16:46:40    256

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizning har bir hududida bo‘lgani singari joriy yilda Qo‘shtepa tumanida ham keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mahallalarda eng nosoz ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borildi, aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga, shuningdek, tomorqalarini sug‘orishlariga alohida e’tibor qaratildi.


Tumanimizning eng olis qishloqlari ham e’tibor markazida. Odamlarning tinch va farovon, bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashi uchun amaliy harakat qizg‘in olib borilyapti. Xususan, Qizilariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 1 dona tik artizan ichimlik suvi qudug‘i, Shahartepa va Qo‘rg‘onacha mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida 1 donadan sug‘orish qudug‘i o‘rnatildi. Shuningdek, Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida 1 dona sug‘orish qudug‘i ta’mirlandi.

Bugun tuman hokimi I.Novikov ushbu mahallalarda bo‘lib, loyihalar doirasida olib borilgan ishlar bilan tanishdi.


Darhaqiqat, qo‘shtepaliklarni hursand qiladigan loyihalar hali bisyor va bunday loyihalar kelgusi yilda ham yana amalga oshiriladi. Zero, odamlar bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashsin.