Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYOHAT BARCHA O’QUVCHILARGA MANZUR BO’LDI

×

 2021-12-20 13:17:42    108

PDF yuklash
Chop etish



Xalq ta’lim vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun sharoitlar yaratish hamda qo‘llab-quvvatlash, malakali kadrlar tayyorlash, kasbining o‘z ustasi bo‘lib ulg‘ayishlari uchun sifatli ta’lim olishlari hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

O’quvchilarni kasb-hunarlarga yo‘naltirish maqsadida viloyatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli tashkilotlar, hunarmandchilik markazlari va tarixiy muzeylarga sayohatlar uyushtirib kelinmoqda.  



Qo‘shtepa tumanidagi 7-12 umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ustozlari bilan Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi”da faoliyat olib borayotgan “Ismoiljon gilamlari” to‘qimachilik markaziga sayohat borishdi.

Sayohatda o‘quvchilar ipakchilik san’ati sir-asrorlari bilan yaqindan tanishdilar.

O’quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar oldilar.

Ushbu sayohat barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram