Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KORRUPTSIYA – RIVOJLANISHIMIZGA TO’SIQ”

×

 2021-12-09 11:03:31    109

PDF yuklash
Chop etish



Bugungi kunda jamiyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korruptsiya balosidir. Mamlaktimizda ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish yuzasidan izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi raisi A.Ergashev ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbatida ham korruptsiya mavzusiga e’tibor qaratildi.

“Korruptsiya – rivojlanishimizga to‘siq” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda MIB Qo‘shtepa tuman bo‘limi binosida byuro xodimlari va Qo‘shtepa tuman IIB TB xodimlari ishtirok etishdi.



Tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi raisi A.Ergashev korruptsiya juda og‘ir jinoyat ekanligini, davlat organlari xodimlarini bunday jinoyatlarga qo‘l urishi yomon oqibatlarga olib kelishini aytib, korruptsiyaga qarshi kurashish borasida ularni faol bo‘lishga chaqirdi.

Xulosa shuki, bugun zamonning o‘zi har bir fuqaroni korruptsiyaga qarshi kurashda faol bo‘lishga chorlamoqda. Negaki, korruptsiya davlatni yemiradi, jamiyatni inqirozga, shaxsni esa ma’naviy qashshoqlikka yetaklaydi. Korruptsiyani yengmay turib oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarga erishib bo‘lmaydi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram