Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BESH MUHIM TASHABBUS” TANLOVI G’OLIBLARI RAG’BATLANTIRILDI

×

 2021-11-19 20:49:20    86

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tumanidagi Markaziy Madaniyat uyida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Besh muhim tashabbus” doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimida Xalq ta’limi vazirligining “Beshta tashabbus – san’at bilan”, “Beshta tashabbus – sport bilan” hamda “Beshta tashabbus – axborot-texnologiyalari bilan” yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan maktablar jamoalarining 340 nafardan ziyod o‘quvchi va o‘qituvchilar munosib rag‘batlantirildi.

G’oliblar orasida Qo‘shtepa tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil topgan “Gulg‘uncha” to‘garagining xor jamoasi, badiiy rahbari Xalq ta’limi a’lochisi, “Shuhrat” medali sohibi Shukurullo Akbarov, 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Basketbolchi qizlar jamoasi va 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Basketbolchi yigitlar jamoalarining borligi quvonarlidir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram