Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-11-04 20:28:02    115

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 33-umumta'lim maktabida bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.



Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tuman miqiyosida mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlari olib borilmoqda. Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i B.Xoliqov, tuman hokimi I.Novikov hamda mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirokida Qiyqi mahalla fuqarolar yig’inida olib borilayotgan mevali va manzarali daraxtlar ekish yuzasidan seminar o’tkazildi. Viloyat hokimining o’rinbosari B.Xoliqov va tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlar va mahalla fuqarolar yig’inlari raislariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida o’zlarining hududlarida tizimli ish tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Sardoba ko’za plast” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kreditlarni qaytarishda bo’layotgan muammolar sababli muddati o’tgan qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman hokimi tomonidan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida kredit to’lovlaridan qarzdorligi bo’lgan fuqarolar bilan suhbat o’tkazildi. Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar hamda fuqarolarga ushbu qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Tumandagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan dala sharoitida yig’ilish o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda boshoqli don ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.



 “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida kuzgi shudgor ishlarida ishtirok etuvchi texnikalar hamda mexanizatorlar uchun ko’chma dam olish xonalarini mavsumga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari bilan tanishgan tuman rahbari mas'ul rahbarlarga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram