Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO’YXATGA OLISH — UZOQ MUDDATLI VA KENG QAMROVLI JARAYONDIR

×

 2021-11-04 09:46:20    108

PDF yuklash
Chop etish



Barchamizga ma'lumki Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish” borasidagi dasturi doirasida aholini va uy-joy fondini ro’yxatga olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi.           

Mazkur hujjatlarga asosan respublikamizda 2023-yilda aholini ro’yxatga olish o’tkaziladi.

Aholini ro’yxatga olish kompaniyasi uzoq muddatli va keng qamrovli jarayondir. Unda aholi sonining aniq hisoblab chiqilishi, hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, millati, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, fuqaroligi, hayot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, uy-joy fondi va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo’yicha yakka tartibda hisobga olishni o’z ichiga olgan.

Aholini ro’yxatga olish kelgusi 10-30 yillik rivojlanishning prognoz ko’rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli asos bo’lib xizmat qiladi.

Qarorda O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olish 2023-yil         1-25-noyabr kunlari o’tkaziladi.

1 – 5-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog’i orqali aholini ro’yxatga olish (5 kun);

6 – 10-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog’i orqali ro’yxatdan o’tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro’yxatini shakllantirish (5 kun);

11 – 22-noyabr kunlari — aholini ro’yxatga olish varag’i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro’yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);

23 – 25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o’rganish (3 kun).

 Hukumat qarori mazmun-mohiyati va maqsadini keng targ’ib qilish va rejalashtirilgan ishlarni tizimli amalga oshirishda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, joylardagi statistika bo’limlari xodimlari hamkorligida o’quv seminarlari tashkil etilmoqda.

  Mamlakatimizda o’tkazilayotgan aholini ro’yxatdan o’tkazish tadbirida barcha yurtdoshlarimiz faollik ko’rsatadilar degan umiddamiz.

  Qo’shtepa tumani statistika bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram