Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISH MAVSUMINI BETALOFAT O’TKAZAYLIK!

×

 2021-10-29 10:38:45    147

PDF yuklash
Chop etish



Ma'lumotlarga ko’ra, Rossiya va Qozog’iston Respublikasi hududlaridan sovuq havo oqimlari kirib kelmoqda. Bunday vaziyatlarda ko’plab tadbirlar o’tkazilishiga qaramasdan yong’inlar, ko’ngilsiz hodisalar soni oshishi kuzatiladi. 2021 yilning o’tgan davri mobaynida aholi o’rtasida is gazidan zaharlanish va havo aralashmasi chaqnashi oqibatida 134 ta holat sodir bo’lgan. Mazkur holatlarning 39 tasi favqulodda vaziyat sifatida baholangan. Ushbu ko’ngilsiz holatlarda 77 kishi hayotdan ko’z yumgan, 58 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Shuningdek, 2021 yilning 8 oyida respublikada 6691 ta yong’in sodir bo’lgan, 97 kishi olamdan o’tgan va 159 nafar shaxs jarohatlangan. Yong’inlarning sabablari tahlil qilinganda ularning 31 foizi elektr uskunalar nosozligi, 28 foizi ochiq olovdan foydalanish, 22 foizi isitish pechlaridan noto’g’ri foydalanish, 10 foizi bolalar sho’xligi oqibatida yuz bergan. Qish mavsumida yuz bergan yong’inlarning har uchtadan bittasi aynan isitish moslamalaridan noto’g’ri foydalanish yoki nosoz moslamalardan foydalanish oqibatida yuz bergan.

Shuningdek, kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan yuz berishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida daxldor idoralar: “Hududgazta'minot” hamda energiya ta'minoti idoralari bilan birgalikda 529 ta ishchi guruhlar, 204 ta ta'mirlash-tiklash otryadlari tashkil etilgan.

Biz FVV xodimlari aholini xonadonlarda gazdan foydalanishda e'tiborli bo’lishga, nosoz elektr isitish moslamalaridan foydalanmaslikka, turli noxush vaziyatlarda darhol 104 raqami orqali xabar berishga chaqiramiz!

J.JO’RABOYEV,

Qo’shtepa tumani FVB PvaNB boshlig’i katta leytenant.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram