Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 232 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-27 19:41:45    119

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan mas'ul rahbarlar ishtirokida yig’ilish o’tkazdi. Mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari 3-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta'lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo’shimcha fan to’garaklari foliyatini ta'minlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.



45-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Tuman hokimi Xumdon mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan “Istiqbol” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.


Xumdon mahalla fuqarolar yig’ini hududida qurilayotgan 3 podezli 30 xonadondan iborat 5 qavatli uy-joylar qurilishi hamda oqava suv tarmog’ini ta'mirlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram