Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-26 20:21:57    83

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 6-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda bitiruvchilarni oliy-ta'lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo’shimcha fan to’garaklari foliyatini ta'minlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


15-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lgan tuman hokimi muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.

Tumanda xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularni bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikka yo’naltirish orqali doimiy daromad olishlariga ko’maklashib kelinmoqda. Jumladan, Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan boquvchisini yo’qotgan M.Xolxo’jayevaga tuman Oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tomonidan ijara asosida zamonaviy tikuv mashinalari hamda hududdan bo’sh turgan bino ajratildi. Bugun tuman rahbari ushbu tikuv tsexida bo’lib, mas'ul rahbarlar hamda tadbirkorga kelgusida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni bandligini ta'minlash hamda tayyorlanayotgan kiyim-boshlarni sifatini oshirish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.


Tadbirkor Yu.Usmonov tomonidan Nurafshon mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan beton g’isht ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’zining tegishli takliflarini berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram