Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 178 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-10-25 20:34:28    105

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 24-umumta'lim maktabida bo’lib, muassasada tahsil olayotgan o’quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ham o’rgandi. Mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo’shimcha fan to’garaklari foliyatini ta'minlash bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


35-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar o’rganilib, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Tuman rahbari tibbiyot birlashmasiga qarashli Langar shifoxonasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas'ul rahbarlarga aholini vaksina bilan emlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Fergana texno plyus” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’zining tegishli takliflarini berdi.

Tuman hokimligida mutasaddi rahbarlar ishtirokida Ijtimoiy soha obe'ktlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari zahirasini jamg’arish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish hamda asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari zahirasini belgilangan tartibda shakillantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumandagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari va fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga paxta hosilini yig’ib-terib olish hamda boshoqli don ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram