Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-30 19:59:25    104

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Obod qishloq” dasturi asosida mukammal ta’mirlangan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasada joylashgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan saylov uchastkasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 31 iyul kungi 158-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy bolalar uyi to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bandiga asosan tumandagi Vatan mahalla fuqarolar yig‘ini, Gulshan ko‘chasi, 22-uyda yashovchi fuqarolar Zokirov Elyorjon Shokirboyevich va uning turmush o‘rtog‘i Zokirova Sanobarxon Mo‘minovnalar oilasi Marg‘ilon shahrida joylashgan 1-Mehribonlik uyidan 4 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz jami 5 nafar tarbiyalanuvchilarni olib, “Mustaqil oilam kelajagim poydevori” nomli oilaviy bolalar uyini tashkil etdi.

Tadbirda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirni tuman rahbari ochib, ushbu oila tomonidan tarbiyasiga olingan 5 nafar bolajonlarni kelajakda vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishlariga ishonch bildirib, bolajonlarga sektor rahbarlari ishtirokida tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.


1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan tumanda xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ustoz va murabbiylar ishtirokida tantanali tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etdilar. Soha vakillariga sektor rahbarlari ishtirokida tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.


Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan muassasada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hamda faxriy ustozlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib ustozlarni kasb bayramlari bilan tabrikladi. Ularga sektor rahbarlari ishtirokida tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.


Tuman rahbari Langar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Uniforum plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.

Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini rag‘batlantirish hamda madaniy dam olishlarini ta’minlash maqsadida 1 oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. tadbirda tuman rahbari ishtirok etib, soha vakillariga tuman hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram