Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-29 20:41:48    117

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, byudjet tushumlarini hamda investisiya dasturlarining bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan 9 oyga belgilangan rejalarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


“Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inini qizil hududdan chiqarish yuzasidan “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan hududda o‘tkazilayotgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman aholisini arzon va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bo‘sh turgan bino-inshootlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ham o‘rganildi. Pudratchi tashkilot rahbarilariga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda sifatli yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi asosida mukammal ta’mirlangan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 4-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasada joylashgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Saylov uchastkasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Obod qishloq” Dasturi asosida yangi qurilayotgan 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram